18:18 / 22.04.2021
3 755

Prezident hokimlarga murojaat qildi


Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha selektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda. Davlat rahbari yig‘ilish davomida viloyat va tuman hokimlariga murojaat qildi.

Hokimlar, shunday tahlikali og‘ir vaqtda iqtisodiyotni barqaror ushlash qiyin ekanini tushunyapsizmi? Nima uchun davlat bergan pulni to‘g‘ri sarflamayapsiz?

Hududlarga ajratilayotgan kredit va budjet mablag‘larini maqsadsiz ishlatish, talon-toroj qilish va korrupsiya holatlari uchrayapti.

Yo‘ldoshev, Bobojonov, Burxonov, Bosh prokuratura departamenti (Dilshod Rahimov) ajratiladigan mablag‘larning har bir so‘mini samarali va maqsadli ishlatilishi ustidan doimiy va ta’sirchan nazorat o‘rnatsin. Andisha qilish davri tugadi. Hamma birdek – qonun ustuvor, jazo muqarrar, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident hokimlarga murojaat qildi