21:14 / 29.04.2021
3 480

Prezident qarori e’lon qilindi


Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.
Xalq amaliy san’atining zardo‘zlik va zargarlik an’analarini rivojlantirish, ularning noyob namunalarini targ‘ib etish, shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish orqali xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlash, madaniy-gumanitar aloqalarni kuchaytirish, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan kasbiy an’analar va hunarmandchilik maktablarini saqlash va qayta tiklash hamda mintaqaning turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida:
  • 2022 yildan boshlab har ikki yilda may oyida Buxoro shahrida Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali hamda uning doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, ko‘rik-tanlov, taqdimot va ko‘rgazmalar, teatrlashgan konsert-tomosha dasturlari, madaniy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkaziladi.
Bunda:
  • 2022 yilda Festival 21–25 may kunlari va uning doirasida «An’anaviy zardo‘zlik va zargarlik san’atini rivojlantirish istiqbollari» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi;
  • Festivalga uyg‘un holda Toshkent shahrida xorijiy mamlakatlarning zargarlik tarmog‘i vakillari, xorijiy investorlar, ekspertlar va mutaxassislarni jalb etgan holda «Uzbek Jewellery Fair» zargarlik sanoatining zamonaviy asbob-uskunalari, texnologiyalari va buyumlarining yillik xalqaro ko‘rgazma-savdosi o‘tkaziladi.
Festivalni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi – Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, 50 foizi – Buxoro viloyati mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident qarori e’lon qilindi