20 582
«Sovet davlati bayrog‘i Toshkentning qoq markazida baland ko‘tarilishi o‘zbek xalqiga nisbatan haqorat» — Alisher Qodirov
Foto: Facebook / @uzbrsgov
«Milliy tiklanish» partiyasi 1 may kuni Toshkentdagi «Xalqlar do‘stligi» (sobiq «Istiqlol») san’at saroyi oldida tashkil etilgan ochiq konsert vaqtida Sovet Ittifoqi bayrog‘i ko‘tarilganini keskin qoralaydi. Partiya yetakchisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirovning qo‘shimcha qilishicha, bu qizil bayroqning ko‘tarilishi «g‘arazli provokatsiya» bo‘lgan.
«Biz san’atga qarshi emasmiz, san’atni siyosatga qurol qilinishiga qarshimiz. Taraqqiyparvar o‘zbek ziyolilari va oqko‘ngil ajdodlarimizning qoniga bo‘yalgan bosqinchi sovet davlati bayrog‘ini mamlakatimiz poytaxtining qoq markazida baland ko‘tarilishini o‘zbek xalqiga nisbatan haqorat deb hisoblaymiz», — deb yozgan Alisher Qodirov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.
«Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Bosh prokuraturadan «bu provokatsiya»ga tegishli baho berishni so‘ragan.
Ma’lumot uchun, 1 may kuni «Istiqlol» san’at saroyi oldidagi maydonda «Xor Turetskogo» jamoasi va Soprano guruhining «G‘alaba qo‘shiqlari» deb nomlangan konsert dasturi taqdim etilgan. Ta’kidlanishicha, konsert dasturi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va «Rossotrudnichestvo»ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Moskva ma’muriyati, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, «Obshcheye delo» xayriya fondi, O‘zbekiston hukumati va Madaniyat vazirligi ko‘magida o‘tkazilgan.
Konsert davomida tashrifchilarning biri tomonidan Sovet Ittifoqi bayrog‘i baland ko‘tarilgan; «Rossotrudnichestvo» tomonidan ushbu holat aks etgan suratning e’lon qilinishi ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida muhokamalarga sabab bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi