Toshkentda yo‘lovchilar oqimi kam bo‘lgan yo‘nalishda qatnovchi katta hajmli Mercedes-Benz avtobuslari o‘rnida yakshanba kunlari Isuzu avtobuslari qatnay boshlaydi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati xabar berdi.
«‘Toshshahartransxizmat’ AJ tarkibiga kiruvchi avtobus saroylari tasarrufidagi katta hajmli Mercedes-Benz avtobuslaridan samarali foydalanish maqsadida haftaning yakshanba kunlarida yo‘lovchilar oqimi kam bo‘lgan 34-, 37-, 40-, 67-, 80-, 97-sonli avtobus yo‘nalishlarida 2021 yil 2 may kunidan boshlab, keyingi o‘rinlarda haftaning har yakshanba kunlarida Mercedes-Benz avtobuslari o‘rniga Isuzu avtobuslarining tasarruf etilishi yo‘lga qo‘yiladi», — deyiladi xabarda.
Yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida ushbu yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi avtobuslar soni, qatnov vaqti va avtobuslarning oraliq vaqti o‘zgartirishsiz qoladi. «Toshshahartransxizmat» keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Telegram’dagi «Ko dnu» kanali 2 may, yakshanba kuni Mercedes’lar o‘rnida qatnagan avtobuslar soni va ularni kutish vaqtiga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.
- 34-sonli avtobus — 5 ta Mercedes o‘rniga 3 ta Isuzu — o‘rtacha kutish vaqtida 35 daqiqa;
- 40-sonli avtobus — 6 ta Mercedes o‘rniga 2 ta Isuzu va 1 ta LЕ60 — o‘rtacha kutish vaqtida 40 daqiqa;
- 37-sonli avtobus — 6 ta Mercedes o‘rniga 4 ta Isuzu — o‘rtacha kutish vaqtida 25 daqiqa;
- 67-sonli avtobus — 5 ta Mercedes o‘rniga 2 ta Isuzu va 2 ta LЕ60 — o‘rtacha kutish vaqtida 25 daqiqa;
- 80-sonli avtobus — 5 ta Mercedes o‘rniga 2 ta Isuzu va 1 ta MAN — o‘rtacha kutish vaqtida 45 daqiqa;
- 97-sonli avtobus — 5 ta Mercedes o‘rniga 3 ta Isuzu — o‘rtacha kutish vaqtida 45 daqiqa.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)