Surxondaryoda yoqilg‘i quyish shoxobchasi yonib ketdi, bir kishi jabrlandi

Surxondaryoda yoqilg‘i quyish shoxobchasi yonib ketdi, bir kishi jabrlandi
Foto: FVV matbuot xizmati
4 may kuni Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida joylashgan «Ozod tex oil» MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Oqibatda 25 m.kub dizel yoqilg‘i saqlash rezervuari ichidagi taxminan 2 m.kub dizel yoqilg‘isi va rezervuar yonib zararlangan.

Aniqlanishicha, yong‘in shoxobcha hududida payvandlash ishlarini olib borishi oqibatida kelib chiqqan.
Surxondaryoda yoqilg‘i quyish shoxobchasi yonib ketdi, bir kishi jabrlandi
Foto: FVV matbuot xizmati
Hodisa oqibatida bir kishi kuyish tan jaroxatini olgan va tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar