Majburiy ijro byurosi Beshariq tuman bo‘limiga fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining 17.02.2021 yildagi javobgar R.Najmidinovdan M.Zokirov foydasiga 31 581 540 so‘m moddiy zarar undirish haqidagi ijro varaqasi kelib tushgan.
Qarzdor R.Najmidinov moddiy zararni to‘lashi lozimligi haqida bir necha bor ogohlantirishga qaramasdan to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.
Joriy yilning 3 may kuni qarzdor yashab kelayotgan Beshariq tumani Beshsari qishlog‘ida joylashgan xonadonda mol-mulklarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan ko‘zdan kechirish jarayonida o‘nlab bosh chorva hayvonlari mavjudligi aniqlanib, tegishli hujjatlar asosida xatlangan.
Moddiy sharoiti og‘ir ahvolda ekani haqida safsata sotayotgan R.Najmidinov chorva hayvonlarini xatlab olib ketilishiga jimgina qarab turaolmadi, aksincha shu kunning o‘zidayoq 31 mln. 581 ming so‘m qarzini Byuroning tuman bo‘limiga yetkazib olib keldi.
Shuningdek, undan sud ijro varaqasiga asosan undiruvchi M.Zokirov sudga to‘lagan 1 265 100 so‘m sud harajatlari va 16 000 so‘m pochta harajatlari ham qo‘shimcha undirildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...