
Kadr: Telegram
Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida ikki tuyaqush mashinadan chiqib, qochib ketdi. Holat tasvirlangan video Telegram’dagi «Samarqandliklar» kanali tomonidan e’lon qilindi.
Ma’lum qilinishicha, holat tumanning eski YPX posti yaqinida sodir bo‘lgan. Videodan ko‘rish mumkinki, bo‘yi 2 metr keladigan ikkita tuyaqush yuk mashinasidan tushib qolib, yo‘l chetiga yugurib o‘tgan. Bir erkak tuyaqushlarni tinchlantirishga urinib, ularni ushlashga harakat qilgan.
— Shukhrat (@bankir2102) May 7, 2021
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar