Metroda yuzaga kelayotgan nosozlik sabablaridan biri aytildi

1 daqiqa o'qish2.8K
Metroda yuzaga kelayotgan nosozlik sabablaridan biri aytildi
Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayev.
Foto:«Xabar.uz»

Bugun, 7 may kuni Transport vazirligi va «Toshkent metropoliteni» UK tashabbusi bilan press-tur tashkil etildi.
Tadbirda vazirlik va metropoliten rasmiylari, jurnalistlar qatnashdi.

Ma’lumki, so‘nggi oyda metroda bir qancha nosozliklar ro‘y berdi. Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevning Xabar.uz muxbiriga aytishicha, buning sabablaridan biri yangi liniyalar ishga tushirilishi sabab qatnov va yo‘lovchilar sonining ko‘payishidir.

«Mana Yunusobod va Sergeli yo‘nalishlari ishga tushdi. Shaharning deyarli barcha burchaklaridan metro orqali markazga keladigan sharoit yaratilmoqda. Yo‘lovchilar oqimining ko‘payishi natijasida Chilonzor liniyasiga og‘irlik tushmoqda. Yo‘nalishlar ko‘paymasidan avval kunlik ko‘rsatkichimiz 180 ming nafardan ziyod edi. Hozir esa 320-330 mingga chiqdik. Bu ham sabablardan biri. Avval ellik kishi bo‘lgan poyezd endi yuz kishini olib yurmoqda», — deydi Anvar Jo‘rayev.

Shuningdek, Toshkentda ilk bor transport kartasi beradigan bankomat o‘rnatildi. Ushbu qurilma orqali yo‘lovchilar kartaga ega bo‘lishlar mumkin. Yaqin vaqtlar ichida bunday bankomatlar gavjum bekatlarda ham o‘rnatilishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan aprel oyining o‘zida metroda qator nosozliklar kuzatildi: dastlab Sergeli yo‘nalishida poyezd yurmay qoldi, so‘ngra harakat vaqtida metro eshigi yopilmay qolganiga guvoh bo‘ldik, 28 aprel kuni esa «Mustaqillik» va «Paxtakor» metro bekatlari oralig‘ida qatnov to‘xtab, yo‘lovchilar piyoda harakatlanishga majbur bo‘lishdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?