Qashqadaryoda 600 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht yo‘q qilindi

Jamiyat1 daqiqa o'qish1.9K
Qashqadaryoda 600 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht yo‘q qilindi
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi «Mingchinor» YPX postida to‘xtatilgan yuk mashinasi ichida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan mol go‘shti borligi aniqlandi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qashqadaryo viloyat IIB PPX va JTSB karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi xodimlari hududiy hokimliklar, veterinariya xizmati va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda viloyat bozorlarida sifatli go‘sht va go‘sht mahsulotlari sotilishini nazorat qilish borasida bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, 7 may kun «Mingchinor» muntazam YPX maskanida Kitob tumanida yashovchi fuqaro Sh.B. boshqaruvida bo‘lgan Kia Bongo rusumli yuk avtomobilida 600 kilogramm mol go‘shti borligi aniqlangan. Ushbu go‘sht mahsulotlari veterinariya ma’lumotnomalarisiz olib ketilayotgani aniqlanib, tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, Qashqadaryodan respublikaning iste’mol bozorlariga sifatsiz va iste’molga yaroqsiz bo‘lgan go‘sht va sut mahsulotlari olib borib sotilishining oldini olish maqsadida 3 ta viloyatlararo chegarada joylashgan YPX maskanlarida mutasaddi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda maxsus tadbirlar o‘tkazilmoqda. Veterinariya, sanitariya qoidalari va me’yorlariga rioya etilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvlar va reydlarda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hamda yaroqsiz mahsulot sotgan 74 nafar fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?