20:47 / 12.05.2021
2 468

Muborak arafa kunlari ota farzandi uchun 7 oylik aliment pullarini to‘ladi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Boysun tuman sudining 20.10.2020 yildagi sud buyrug‘iga asosan Burxon Boltayevdan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Muzrabot tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.

Farzandining ta’minoti befarq bo‘lgan ota Davlat ijrochisining bir necha bor rasmiy ogohlantirishlariga qaramay  aliment to‘lashdan bosh tortib qochib yurganligi sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan edi.

Byuroning viloyat boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv natijalariga ko‘ra aliment to‘lashdan bosh tortib yurgan ota Boysun tumanidan topilib, ijro harakatlarini davom ettirish uchun Byuroning tuman bo‘limi topshirildi.

Davlat ijrochilari tomonidan aliment to‘lashdan bosh tortganlik uchun qonunda ma’muriy hamda jinoiy  javobgarlik masalalari belgilab qo‘yilganligi tushuntirildi.

Tushuntirish targ‘ibot ishlaridan o‘ziga tegishli xulosa chiqargan Boltayev bir nafar farzandi uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 7 oylik aliment pullarini ya’ni  Respublikadagi o‘rtacha ish haqi hisobidan hisoblanganda jami 4 million 735 ming so‘m aliment qarzdorligini to‘liq to‘lab berdi.

Shundan so‘ng, Boltayevga nisbatan e’lon qilingan qidiruv qarori bekor qilinib, aliment farzandining moddiy ta’minoti uchun zarurligi va uni o‘z vaqtida to‘lab borishligi tushuntirildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Muborak arafa kunlari ota farzandi uchun 7 oylik aliment pullarini to‘ladi