Videodan kadrlar
Xorazm viloyati Urganch tumanida tegishli hujjatlarsiz Lacettini boshqarib ketayotgan 10-sinf o‘quvchisi Damasga urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 6 may kuni soat 15:30 larda haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan maktab o‘quvchisi E.B. Lacettini Urganch tumani hududidan o‘tgan 4P-162 sonli katta aylanma yo‘li bo‘ylab boshqarib ketayotib, tezlikni oshirib, yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketgan va Damas bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Oqibatda uch kishi halok bo‘lgan, yana ikki fuqaro turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Urganch tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksi 266-modda (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda