09:49 / 16.05.2021
3 142

Alisher Navoiy haykali oldida yana nojo‘ya harakat sodir etildi


Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida noma’lum yigit Alisher Navoiy haykali oldida nojo‘ya harakat sodir etgani videosi tarqaldi. Videoga ko‘ra, yigit haykalga tupurgan. Vaziyatga IIB tezkorlik bilan munosabat bildirdi.

«Kattaqo‘rg‘on shahridagi «A.Navoiy»  nomidagi istirohat bog‘ida mayda bezorilik sodir qilgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudiga yuborildi»,— deyiladi Samarqand viloyati IIB ma’lumotida.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval huddi shu joyda boshqa bir yigit shunga o‘xshash hatti-harakat sodir etgan va 15 sutka ma’muriy qamoq bilan jazolangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Navoiy haykali oldida yana nojo‘ya harakat sodir etildi