Ustoz Zayniddin qori Muhammad Yusuf xotiralariga bag‘ishlangan «Qur’on musobaqasi – 1442» tanlovi nihoyasiga yetdi.
Bir necha oy mobaynida Azon.uz, AzonTV xodimlari, yurtimizning ustoz qorilari musobaqani yaxshi o‘tkazish uchun kuch-g‘ayratlarini ayamadilar. Tanlovlar tufayli yangi xushzabon qorilarimiz elga tanildi, Qur’on muxlislari ularning chiroyli qiroatlaridan bahramand bo‘lishdi.
G‘olibni aniqlash oson kechmadi, eng asosiysi, xolislik va halol musobaqaga urg‘u berildi. Bu yil g‘olib bo‘la olmagan qorilarimiz ham o‘z xato-kamchiliklarini o‘rganib, ustozlarning nasihat va o‘gitlarini eshitdilar. Bu esa, kelajakda bo‘ladigan musobaqalarda g‘olib bo‘lish uchun omillardan biridir, inshaalloh.
Endi g‘oliblarga kelsak. Tilovat yo‘nalishi final bahslarida 354,5 ball bilan uchinchi o‘rinni Orif Abduvahobov egalladi.
Ikkinchi o‘rin 355,75 ball to‘plagan Xayrulloxon Ilyosxonov va Nizomiddin Ismoilovlarga nasib etdi.
Birinchi o‘rinni esa Muhammadvoris Yo‘ldoshev egalladi. G‘olib bo‘lgan qorimiz 394 ball to‘pladi.
Hifz yo‘nalishi bahslari ham tilovat yo‘nalishi kabi qiziq o‘tdi.
Uchinchi o‘rinni 316,75 ball to‘plagan ikki qori Abdulloh Abdusattorov va Muhammadali Hayitboyevlar olishdi.
Ikkinchi o‘ringa 342 ball olgan Ahmadjon Vorisov loyiq deb topildi.
Hifz yo‘nalishining mutlaq g‘olibi deb esa 387,75 ball olgan Muhammadibrohim Karimov topildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?