1 902
O‘zbekistonda 10 ming qadam yurgan fuqarolarga pulni alkogol va tamaki ishlab chiqaruvchilar to‘laydi
Aholi o‘rtasida piyoda yurish va yugurishni ommalashtirish uchun ishga tushiriladigan «Sog‘lom turmush tarzi» platformasi alkogol va sigaret sotuvchilaridan olinadigan maxsus yig‘im hisobiga moliyalashtiriladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Platforma orqali ro‘yxatdan o‘tgan va kuniga 10 ming hamda undan ortiq yurgan O‘zbekiston fuqarolarining elektron hamyonlariga pul o‘tkaziladi. Platforma 2021 yilning 1 iyunida to‘liq rejimda ishga tushishi rejalashtirilgan.
Aynan shu kundan boshlab to‘lovlar «Sog‘lom turmush tarzi» platformasi hisobiga tegishli budjet tasniflash kodlari asosida ochilgan shaxsiy g‘azna daromadlari hisobvarag‘i orqali to‘planadi.
Yig‘imlar miqdori:
Foto: Davlat soliq qo‘mitasi
Yig‘imlar alkogol (pivo, aroq) hamda tamaki mahuslotlarining sotilgan hajmidan kelib chiqib, belgilangan tartibda undiriladi. Yig‘imlar «Sog‘lom turmush tarzi» platformasining hisobraqamiga har oyning 10-sanasiga qadar o‘tkaziladi.
To‘lovchilar har oyda ro‘yxatga olingan joyidagi soliq organlariga aksiz yig‘imining hisob-kitobini soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay topshiradi.
Yig‘imlar monitoringi
Yig‘imlar daromad solig‘i bo‘yicha xarajatlar toifasiga kiritilgan.
Soliq organlari soliq to‘lovchining shaxsiy kartasidagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblangan hamda to‘langan summalarini aks ettirgan holda, tushumlar hisobini yuritadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?