16:39 / 21.05.2021
2 473

Asossiz ishdan bo‘shatilgan xodim ishga tiklandi


Avvalo shuni qayd etish kerakki, Konstitutsiyamizning 37-moddasida har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekani mustahkamlab qo‘yilgan.

Fuqarolarimizning ushbu konstitutsiyaviy huquqlari amaldagi mehnat qonunchiligida ham o‘z ifodasini topgan bo‘lib, qonunga ko‘ra hech kim asossiz ravishda ishdan bo‘shatilishi mumkin emas. Ammo shunga qaramay, kundalik hayotda mehnat bilan bog‘liq nizolar uchrab turibdi.

Bu haqda bejiz to‘xtalganimiz yo‘q.

Mehnat kodeksining 111-moddasi 1-qismiga ko‘ra, mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodim ish beruvchining o‘zi, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan avvalgi ishga tiklanishi lozimligi belgilab qo‘yilgan.

Mazkur talab asosida Majburiy ijro byurosi Shirin shahar bo‘limi talabnomasi asosida Shirin shahar BO‘SMning 36 k-sonli buyrug‘iga ko‘ra xodim ishga tiklangan.

Bu dalilni keltirishdan maqsad shuki, har bir ish beruvchi mehnat qonunchiligini chuqur bilishi va unga qat’iy amal qilishi zarur. Shundagina xodimlarning huquqlari ishonchli himoya qilinadi, ko‘ngilsiz holatlar yuz bermaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Asossiz ishdan bo‘shatilgan xodim ishga tiklandi