21:38 / 21.05.2021
1 817

O‘zbekiston adliya vaziri Rossiya Federatsiyasidagi vatandoshlarimiz bilan uchrashdi


O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov 20 may kuni Moskva shahriga xizmat safari doirasida Rossiya Federatsiyasida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashib, suhbatlashdi.

Unda yuristlar, advokatlar, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi, shuningdek, Rossiya yuridik hamjamiyatlari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv chog‘ida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar va yuristlar uchun yaratib berilayotgan yangi imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi, shuningdek O‘zbekiston fuqarolari Rossiya Federatsiyasida duch kelayotgan huquqiy muammolarga samarali yechim topish maqsadida vatandoshlarimiz bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Huquqiy muammolarni o‘rganish va ularni hal etishda qonunchilik darajasida ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Rossiya Federatsiyasida istiqomat qilayotgan yurist vatandoshlarimiz bilan dolzarb masalalar bo‘yicha doimiy uchrashuvlar tashkil qilish taklif etildi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston adliya vaziri Rossiya Federatsiyasidagi vatandoshlarimiz bilan uchrashdi