
Bugun, 22 may kuni soat 06:00da Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani, “Navoiy” MFY hududidan o‘tuvchi 4P-84 “Yakkabog‘-Chiroqchi” avtomobil yo‘lining 29-kilometrida harakatlanib ketayotgan “Neksiya” avtomobilida o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida avtomobil ichida bo‘lgan 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan hamda 1 nafar fuqaro tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Ayni vaqtda, viloyat IIB, FVB, SSB va prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar