19:00 / 24.05.2021
2 010

Angrendagi YTHda halok bo‘lganlar soni 7 kishiga yetdi


Angrenda yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi YTHda 8 transport vositasi ishtirok etgani hamda 5 kishi vafot etgani haqida ma’lum qilgandi. Tergov departamenti voqea bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 24 may kuni soat 9:00 larda fuqaro 40 yoshli M.U. boshqaruvida bo‘lgan tirkamali MAN rusumli yuk mashinasida Angren shahar hududidan o‘tgan A-373 M-39 Toshkent–O‘sh avtomobil yo‘li bo‘ylab O‘sh yo‘nalishidan
Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib, ushbu yo‘lning 183-kilometrda rul boshqaruvini yo‘qotgan.

Oqibatda yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib ketayotgan temir yo‘l kesishmasiga yetmasdan to‘xtab turgan fuqaro 43 yoshli I.O. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti, 30 yoshli K.R. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2, 44 yoshli E.M. boshqaruvidagi Cobalt, 46 yoshli I.O. boshqaruvidagi Lacetti, 45 yoshli M.Z. boshqaruvidagi Lacetti, 39 yoshli K.M. boshqaruvidagi Nexia-3 va Matiz rusumli avtomashinalar bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

YTH oqibatida jami 7 nafar shaxs hodisa joyida vafot etgan va 14 nafar shaxs olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Angrendagi YTHda halok bo‘lganlar soni 7 kishiga yetdi