Majburiy ijro byurosi Chortoq tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida bank foydasiga 259.364.100 so‘m kredit qarzi va davlat foydasiga 13.711.500 so‘m ijro yig‘imi undirildi.
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan Mikrokreditbank ATB Chortoq tuman filiali foydasiga tomorqa xizmati ko‘rsatuvchi jamiyatdan jami muddati o‘tgan kredit va foiz bo‘yicha jami 853 mln. so‘m mablag‘ undirish ko‘rsatib o‘tilgan.
Qarzdorlikni undirish garovga qo‘yilgan 4 dona avtotransport vositalariga qaratilgan. Ijro hujjati Byuroning Chortoq tuman bo‘limi ish yurituviga olingan va davlat ijrochi tomonidan harakatlar olib borilgan. Kuni kecha olib borilgan navbatdagi majburiy ijro harakatlari mobaynida garovga qo‘yilgan Malibu 2 avtotransport tortilgach, 259.364.100 so‘m kredit qarzdorligi to‘landi. Hozirda qolgan qarzdorlikni undirish choralari ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi