19:44 / 24.05.2021
1 854

Bank foydasiga undiruvlar davom etmoqda


Majburiy ijro byurosi Chortoq tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida bank foydasiga 259.364.100 so‘m kredit qarzi va davlat foydasiga 13.711.500 so‘m ijro yig‘imi undirildi.

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan Mikrokreditbank ATB Chortoq tuman filiali foydasiga tomorqa xizmati ko‘rsatuvchi jamiyatdan jami muddati o‘tgan kredit va foiz bo‘yicha jami 853 mln. so‘m mablag‘ undirish ko‘rsatib o‘tilgan.

Qarzdorlikni undirish garovga qo‘yilgan 4 dona avtotransport vositalariga qaratilgan. Ijro hujjati Byuroning Chortoq tuman bo‘limi ish yurituviga olingan va davlat ijrochi tomonidan harakatlar olib borilgan. Kuni kecha olib borilgan navbatdagi majburiy ijro harakatlari mobaynida garovga qo‘yilgan Malibu 2 avtotransport tortilgach, 259.364.100 so‘m kredit qarzdorligi to‘landi. Hozirda qolgan qarzdorlikni undirish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bank foydasiga undiruvlar davom etmoqda