Skrinshot
Harakatlanayotgan avtomobil lyukiga o‘tirib olib, qoidabuzarlik sodir etgan qiz Jizzax viloyati IIB tomonidan jarimaga tortildi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.
23 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati hududidan o‘tgan avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanayotgan Lacetti mashinasi ichida bo‘lgan yo‘lovchi qiz avtomobil lyukiga o‘tirib olgani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida qoidabuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritilgan.
Yo‘lovchi qizga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi (transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish) bilan ma’muriy bayonnoma tuzilib, BHMning 1 baravari (245 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortilgan.
«Uzr so‘rayman. Avtomobil egasi rulda emasdi, Vali ismli tanishim bilan edik. Avtomobil egasi, rafiqasi, oila a’zolaridan uzr so‘rayman. Qo‘llaridan kelsa, kechirishsin. Meni deb bitta oila buzilib ketishini istamayman», — deydi qiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi