21:18 / 03.06.2021
1 985

19 yashar qiz «Ona va bola» monumentida nojo‘ya harakat sodir etdi

19 yashar qiz «Ona va bola» monumentida nojo‘ya harakat sodir etdi

Foto: Toshkent viloyat IIBB
Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi Ona va bola monumenti ustiga chiqib, nojo‘ya harakatlar qilgan ayolning shaxsi aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyat IIBB.

Ma’lum qilinishicha, 2 may kuni soat 22:00 lar atrofida Olmaliq shahrida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan E.S. ismli qiz shahar xiyobonida joylashgan Ona va bola monumenti ustiga chiqib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, noo‘rin xatti-harakat sodir qilgan va jarayon aks etgan videotasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.

Mazkur holatda fuqaro E.S.ning xatti-harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida ko‘rsatilgan (mayda bezorilik) huquqbuzarlik mavjudligi sababli Olmaliq shahar IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilibb qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar hududiy sud organiga yuborilmoqda.
Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga ko‘ra, mayda bezorilik, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik – BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » 19 yashar qiz «Ona va bola» monumentida nojo‘ya harakat sodir etdi