So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonning ayrim hududlarida eshak so‘yib, uning go‘shtini sotish bilan shug‘ullangan shaxslar aniqlanmoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati islomda eshak go‘shtini sotish mumkinmi, degan savolga javob berdi.
«Bu mutlaqo mumkin emas. Chunki shariatda iste’moli nojoiz bo‘lgan narsaning savdosi ham nojoiz degan qoida bor. Eshak go‘shtining haromligi Haybar g‘azoti kunida Payg‘ambarimiz Rasululloh sallollohu alayhi vasallam taraflaridan bayon qilingan ochiq haqiqatdir. Bunga Imom Buxoriy o‘z sahihlarida Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilib keltirgan hadis dalil bo‘ladi»,— deb qayd etgan Fatvo hay’ati.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning fevralida Qoraqalpog‘istonda eshaklar «qabristoni» aniqlanib, hayvonlar go‘shti sotuvga chiqarilgan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi. Aprel oyining boshlarida Qashqadaryoning Qarshi shahrida uyida eshak so‘yib, uning go‘shtini sotish bilan shug‘ullangan fuqarolar aniqlandi. May oyining oxirlarida Qashqadaryoning Koson tumanida eshak so‘ygan 4 nafar erkak ushlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi