1 867
Foto: TIV matbuot xizmati 11 iyun kuni Afg‘onistonning Hayraton shahrida afg‘on tomoniga 1000 dona kislorod ballonlaridan iborat gumanitar yukni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu in
Foto: TIV matbuot xizmati
11 iyun kuni Afg‘onistonning Hayraton shahrida afg‘on tomoniga 1000 dona kislorod ballonlaridan iborat gumanitar yukni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu insonparvarlik yordami pandemiyaning uchinchi to‘lqiniga duch kelgan Afg‘oniston hukumatining murojaatiga binoan amalga oshirilgan.
Shu munosabat bilan, tashkil etilgan marosimda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev oziq-ovqat va dori-darmonlar mamlakatga pandemiyaga qaramay, uzluksiz ravishda o‘zbek-afg‘on chegarasi orqali yetkazib berilayotganligini aytgan. Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston qo‘shni davlatga har tomonlama ko‘mak berishda davom etishga tayyor.
Foto: TIV matbuot xizmati
Balx viloyati gubernatori Farhod Azimiy O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam Afg‘oniston xalqiga chinakam birodarlik munosabatining yorqin namunasi ekanligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy ko‘magi ostida afg‘onistonlik shifokorlarning O‘zbekistondagi klinikalarda pandemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mamlakatimiz tajribasi bilan tanishishlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi