O‘zbekistonda 13 iyun kuni yana 303 kishida koronavirus tasdiqlanib, mamlakatda ushbu virusga chalingani rasman tan olinganlar soni 103 813 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining
- 6 nafari Andijon viloyatida,
- 9 nafari Buxoro viloyatida,
- 14 nafari Jizzax viloyatida,
- 24 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 1 nafari Navoiy viloyatida,
- 6 nafari Namangan viloyatida,
- 11 nafari Samarqand viloyatida,
- 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 32 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 20 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 4 nafari Xorazm viloyatida,
- 44 nafari Toshkent viloyatida,
- 130 nafari Toshkent shahrida
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi sutkada Jizzax viloyatida 19 nafar, Navoiyda 3 nafar, Namanganda 2 nafar, Samarqandda 26 nafar, Farg‘onada 3 nafar, Xorazmda 111 nafar, Toshkent shahrida 153 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 99 733 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3372 nafar bemor davolanmoqda. Eslatib o‘tamiz, 12 iyunda 304 kishi, 11 iyunda 314 kishi, 10 iyunda 287, 9 iyunda 243 kishida koronavirus tasdiqlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi