Foto: «Xabar.uz»
Avvalroq, Sudyalar oliy kengashi tashabbusi bilan «Sud hokimiyati va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi munosabat» mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tgani haqida xabar qilgan edik. Davra suhbati doirasida ekspertlar o‘zlari yashab turgan mamlakatda «sud jarayonlari qanchalik ochiq ekanligi» haqida fikrlarini aytib o‘tdilar.
Birinchi bo‘lib bu kabi ochiqlik haqida Sudyalar oliy kengashi Sud inspeksiyasi sudyasi Malika Qalandarova o‘z javobini bildirib o‘tdi.
«Hozirgi kunda ochiq sud majlislarida (yopiq sud majlislari bundan mustasno) jurnalist va blogerlarning ishtirokida muammo yo‘q. Faqatgina sud jarayonini videotasvirga olish yoki aduio shaklida yozib olishda sudda ishi ko‘rilayotgan taraflarning fikrini inbosatga olgan holda raislik etuvchi tegishli to‘xtamga kelishi mumkin», — deydi u.
Shu jumladan hozirda O‘ZJOKUda bugungi kunda jurnalistlar ixtisosligiga alohida ahamiyat qaratilayotgani, ular qaysi ma’lumotni aholiga qanday tushunarli tilda taqdim etishi o‘rgatilayotganini ham qo‘shimcha qilindi.
«Bu borada Amerikada ham erkinliklar mavjud. 1980 yillarda ham sudya bo‘lib ishlaganman. U payt asosan gazetada yoritish uchun ikkita muxbirimiz bo‘lar edi. Ular aholiga nimani qanday yetkazishni bilar edilar. Hozirda esa OAVlar rivojlanib ketdi. Internet orqali axborotni uzatish yanada tezlashib ketdi. Bizda ham bu borada ochiqlik mavjud.
Biroq o‘ziga yarasha ta’qiqlarimiz ham yo‘q emas. Istalgan ma’lumotni olishlari mumkin, lekin ko‘rilayotgan sud ishiga xalal bermasliklari kerak bo‘ladi. Ayrim hollarda bitta kamera bilan kirishga ruhsat beramiz. Shuningdek voyaga yetmaganlar, jinsiy zo‘ravonlikka doir va davlat xavfsizligiga aloqador sudlar hamon yopiq holda o‘tkaziladi», — deya ta’kidladi AQSH Sud institutining direktori Jeremi Fogel.
Bu borada «Mintaqaviy muloqot» xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti eksperti Goran Klemenchich Sloveniyadagi holat bo‘yicha o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Unga ko‘ra, Sloveniyada hech bir sud ochiq olib bormagan. Ko‘rilayotgan ish doirasida doim ism shariflar sir tutilgan.
Hozirda O‘zbekiston va Amerika tajribasiga tayangan holda ochiqlik yaratishga urinishlar bor, biroq to‘laligicha emas. Jurnalistlar doim sudda ko‘rilayotgan ishlardan nimadir yangilik opishga urinadilar. Balki sudda mashhur bir insoning jinoyati ko‘rilayotgan bo‘lishi mumkin. Biroq ular hech qanday natija topa olaydilar. Sababi sudyalar va sudga aloqador biror kishi bu kabi ma’lumotlarni ochiqlashga haqqi yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi