Foto: «Zdraveda.ru»
Rossiyalik shifokor va teleboshlovchi Yelena Malisheva xantalning erkaklar sog‘lig‘i uchun foydali xususiyatlari haqida gapirdi. U salomatlikka bag‘ishlangan efir paytida ziravorlarning g‘ayrioddiy xususiyatlarini ma’lum qildi.
Malishevaning so‘zlariga ko‘ra, testosteron darajasi yuqori bo‘lgan erkaklar xantalni yaxshi ko‘rishadi. Bundan tashqari, o‘simlik tarkibida izotiotsianatlar deb nomlanuvchi foydali moddalar bisyor — bu organik birikmalar o‘simta hujayralarining o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi.
«Tarkibida ushbu moddalar bo‘lgan xantal azot oksidini qon tomirlarimizning ichki qatlamiga chiqarishga yordam beradi. Bu esa ularning kengayishiga, vazodilitatsiyaga olib keladi», — deb qo‘shib qo‘ydi rossiyalik nevrolog Dmitriy Shubin.
Shishirilgan qo‘g‘irchoq odam misolida shifokorlar qon tomirlar holati erkak jinsiy quvvatiga qanday ta’sir qilishini namoyish etishdi. Taqdimotchilar qon tomirlar kengayganda qo‘g‘irchoq shishib, yerga perpendikulyar turishini, ammo qon tomirlar torayganda, u bo‘shashib, yerga qulashini ko‘rsatib berishdi.
«Tomirlarni toraytirish samarasi — umuman olganda, juda muhim, chunki u qon bosimini pasaytiradi va erkaklarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni ular nafaqat jinsiy jihatdan baquvvat bo‘ladi, balki umri ham uzayadi», — dedi Malisheva.
Shifokorlar shisha idishdagi xantalni sotib olishni maslahat berishdi. Uni yorug‘likdan uzoqroq joyda (masalan, muzlatgichda) saqlash kerak va qopqog‘ini mahkam yopib qo‘yish zarur. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi