date

Toshkentda O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi pichoqlangani aytilmoqda


Poytaxtda taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi, Janubiy Koreya fuqarosi pichoqlab o‘ldirilgan. Bu haqda UPL xabar berdi.

39 yoshli Kim Jin Jung Janubiy Koreya fuqarosi bo‘lgan 44 yoshli tanishi bilan janjalda pichoqlangan. Hodisa 15 iyun kuni Chilonzor tumanida, soat 04:00 atrofida sodir bo‘lgan.

Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u ertasi kuni vafot etdi. Ta’kidlash joizki, voqea sodir bo‘lgan paytda ayblanuvchi mast holatda bo‘lgan. Hozirda jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi pichoqlangani aytilmoqda