23:30 / 21.06.2021
4 007

Kelin bu qilmishi uchun uch yilgacha qamalishi mumkin


Farg‘ona viloyati Rishton tumanida kelin qaynonasining 9,8 million so‘mlik tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi, deya xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 13 iyun kuni «Ar-Roshidoniy» MFY hududida yashovchi S.D. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 12 iyun kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonasidagi temir seyfni kalit tanlash yo‘li bilan ochib, narxi 4 200 000 so‘mlik ikki dona tilla sirg‘asi, narxi 3 600 000 so‘mlik bir dona tilla zanjir, narxi 2 000 000 so‘mlik bir dona tilla uzugini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, sodir etilgan o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchi S.D. ismli ayolning birga yashovchi kelini K.X. sodir etganligi sababli jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 169-modda 1-qismiga (o‘g‘rilik) qayta malakalangan.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kelin bu qilmishi uchun uch yilgacha qamalishi mumkin