13:00 / 23.06.2021
1 750

MIB: Sardobada 20,5 mlrd.so‘mlik 1 ming 92 ta ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlandi


Davlatimiz rahbarining 24.11.2020 yildagi  “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6118 sonli Farmoni Byuro organlari faoliyatini tartibga soluvchi va samaradorligini mustahkamlashga qaratilgan juda muhim hujjat alohida  ta’kidlash lozim.

Hujjatga kengroq yondashadigan bo‘lsak, majburiy ijro byurosi organlari sud hamda boshqa organ hujjatlarini ijro etadi va amalda odil sudlovni ta’minlashga xizmat qiladi.

O‘z navbatida, Byuroning Sardoba tuman bo‘limi xodimlari tomonidan, joriy yilning o‘tgan 5 oy davomida jami 1 ming 92 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 20,5 mlrd.so‘m undirilishi ta’minlandi. Shundan, davlat foydasiga 17,7 mlrd.so‘m undirilgan.

Davlat foydasiga undirilgan qarzdorliklarning 17 mlrd.so‘mi soliq qarzlari, 8,8 mln.so‘mi jinoiy jarima va davlatga yetkazilgan zarar, 280,2 mln.so‘mi ma’muriy jarimalar, 344,9 mln.so‘mi davlat boji va davlat foydasiga boshqa undiruvlarni tashkil etadi.

Bundan tashqari, byuro xodimlari tomonidan 2 mlrd. 800 mln.so‘mlik boshqa undiruvlar bilan bog‘liq qarzdorliklar amalda undirilishi ta’minlandi.

Endilikda ushbu undirilgan pul mablag‘lari Farmonga asosan alohida g‘aznachilik hisob-raqami bilan proporsional tartibda teng ravishda «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Mansur Beknazarov,
Majburiy ijro byurosi Sardoba tuman bo‘limi boshlig‘i

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Sardobada 20,5 mlrd.so‘mlik 1 ming 92 ta ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlandi