09:00 / 27.06.2021
1 944

Aliment to‘lovi qarzdorni jazodan qutqardi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudining 14.03.2017 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor U.Abrorovdan undiruvchi Z.Abrorova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari moddiy ta’minoti uchun barcha topgan daromadining 1/3 qismi ya’ni (33%) miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Parkent tumani bo‘limi ish yurituviga 10.04.2017 yilda kelib tushgan va ijro ishini yuritish haqida qaror qabul qilingan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor U.Abrorov aliment qarzdorligini to‘lashligi haqida davlat ijrochilari tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilganligiga qaramasdan qarzdor o‘zining otalik majbriyatini bajarmasdan voyaga yetmagan farzandlari moddiy ta’minoti uchun aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.

Majburiy ijro harakatlari dvavomida qarzdorning aliment qarzdorligi qayta hisoblanganda 01.06.2021 yil holatiga 19.434.534 so‘mni tashkil etishi aniqlandi, ushbu aliment qarzdorligini to‘lashdan bo‘yin tavlaganligi uchun qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma tuzilib, javobgarlik masalasini hal etishlik uchun tuman sudiga olib chiqish jarayonida qarzdor hisob kitob natijasiga ko‘ra aniqlangan aliment qarzdorligini to‘liq to‘lashligini bildirdi.

Yuqoridagi aliment qarzdorligi  qarzdor U.Abrorovdan naqd pul ko‘rinishida to‘liq undirilib, undiruvchi Z.Abrorovaga tilxat asosida topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment to‘lovi qarzdorni jazodan qutqardi