1 792
Surxondaryoda fuqaroning Haj xarajatlari uchun boqayotgan 19 ta qo‘yini o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi
Kadr: Telegram
Surxondaryoda 65 bosh chorva mollarini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Sherobod tumanidagi uchta xonadondan jami 33 bosh, Qiziriq tumanidagi ikkita xonadondan 17 bosh, Muzrabot tumanidagi ikkita xonadondan esa 15 bosh qo‘y va ikkita echki noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.
«19 ta mayda qoramolim bor edi. Qoramollarimni dadamni Hajga jo‘nataman deb boqib yurgandim… Tonggi soat 04:00 larda tashqariga chiqib qarasam, mollarim yo‘q», — deydi jabrlanuvchilardan biri.
Aniqlanishicha, mollari yo‘qolib qolgan fuqarolar soni yetti nafarni, ushbu o‘g‘irliklarni sodir etgan fuqarolar esa uch nafarni tashkil etgan. Qo‘lga olingan gumonlanuvchilarning ikki nafari bundan oldin ham sudlangan.
Hozirda holat bo‘yicha tezkor surishtiruv ishlari davom etmoqda, mazkur shaxslarning boshqa jinoyat ishlariga aloqadorligi tekshirilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi