
Bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida tovarlarni yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan holda respublikamiz hududiga turli noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilishini oldini olish bo‘yicha bojxona organlari tomonidan bir qator tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, yuk konteynerida xorijiy mamlakatdan yurtimizga olib kelingan xo‘jalik mollari Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l bojxona posti xodimlari tomonidan tegishli tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha, umumiy qiymati 1 mlrd 278,5 mln. so‘mlik 9 turdagi oyoq kiyim ishlab chiqarish uchun xom ashyolar, tikuv mashinalar, matolar, tasmalar kabi tovarlar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar