Majburiy ijro byurosi Davlatobod tumani bo‘limi tomonidan aliment undiruvlari bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash davomida oilalarni yarashtirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahalla faollari bilan hamkorlikda olib borilgan tushuntirishlar davomida kuni kecha tumandagi yana bir oilani yarashtirishga erishildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2020 yil 5 oktabrdagi dagi qaroriga ko‘ra qarzdor U.Ibragimovdan undiruvchi G.Husanova foydasiga farzandi uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur hujjat bo‘lim ish yurituviga olingan va ijro harakatlari davomida har oyda aliment undirib berilishi ta’minlangan.
O‘z o‘rnida har ikki taraf bilan oilani yarashtirish bo‘yicha ham tushuntirish ishlari olib borilgan. Kuni kecha o‘tkazilgan navbatdagi targ‘ibot tadbiri davomida buzilgan qo‘rg‘on, ya’ni oilani tiklashga muvaffaq bo‘lindi. Amaldagi tartibga ko‘ra, ijro hujjati ish yurituvdan tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin