Bojxona xodimlari yurtimizga tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy olib kirishga urinish holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.
Kuni kecha Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona posti xodimlari qo‘shni davlatdan yurtimizga kirib kelgan yuk avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazishdi.
Bojxona ko‘rigi davomida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, qiymati salkam 439 mln. so‘mlik, 29 o‘rinda “metall iplar” tovarlarining borligi aniqlandi.
Yana bir holatda mazkur postga kirib kelgan yuk avtomashinasi “Inspeksion ko‘rik majmuasi” orqali belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 262 mln. so‘mlik jami 63 nomdagi 1161 dona avtoehtiyot qismlari borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv haraktlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi