Foto: Prezident matbuot xizmati
Sh.Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Hujjat quyidagilarni nazarda tutadi:
PDXX faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, qo‘riqlanadigan ob’ektlarni tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish va boshqalar.
Qo‘riqlanadigan shaxslar doirasi:
- prezident va uning oila a’zolari, sobiq prezident va uning butun hayoti davrida oila a’zolari, prezident vazifalarini va vakolatlarini bajaruvchi shaxs;
- bitimlarga muvofiq chet davlatlarning, hukumatlarning, parlamentlarning, xalqaro tashkilotlarning rahbarlari va boshqa shaxslar.
PDXX huquqiy maqomiga ko‘ra qo‘riqlanadigan shaxslar va ob’ektlar xavfsizligini ta’minlaydigan, shuningdek qo‘riqlanadigan shaxslar va ob’ektlarning xavfsizligi masalalari bo‘yicha jalb qilingan davlat organlari va boshqa tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradigan, ularning hamkorligini hamda tezkor boshqaruvini amalga oshiradigan maxsus vakolatli davlat organidir. Bevosita prezidentga bo‘ysunadi va unga hisobdordir.
Qonunning qabul qilinishi PDXX faoliyatini tashkil etishning shaffof huquqiy bazasini yaratadi, shuningdek PDXX bilan o‘zaro munosabatlarda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi