Foto: Farg‘ona viloyat Bojxona boshqarmasi
Farg‘ona viloyatida Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 405 million so‘mlik televizorlarni mamlakat hududiga noqonuniy olib kirish rejasi fosh etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, viloyat Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Buvayda tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tezkor tadbir davomida Chust—Buvayda yo‘nalishida harakatlanayotgan Cobalt va Porter avtomashinalari kuzatuvga olingan. Avtomashinalar Buvayda tumanidagi xonadonlardan biriga kirib, haydovchilar voqea joyidan yashiringan.
Shundan so‘ng avtomashinalar xonadon egasi E.D. va xolislar ishtirokida o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Natijada avtomashinalar saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 209 million so‘mlik 125 dona televizor borligi aniqlangan.
Shuningdek, ushbu xonadon ham uy egasi E.D. va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida umumiy qiymati 196 million so‘mlik 126 dona televizor saqlanayotgani ma’lum bo‘lgan. Ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi