Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida «Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish» elektron xizmati ishga tushirilgan.
Endilikda abituriyetlar o‘zi istagan davlat oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni ortiqcha xarajatsiz, uzoq yo‘l bosmay, turnaqator navbatlarda turmay, uydan chiqmagan holda topshirishi mumkin.
«Yagona portal tomonidan taqdim etilayotgan ushbu xizmat, avvalo, bugungi pandemiya davrida salomatligingizni xavf ostiga qo‘ymaslikni ta’minlaydi.
Shu bilan birga hujjatlarni to‘plash va jo‘natish jarayonini osonlashtiradi. Chunki barcha kerakli ma’lumotlar avtomatik ravishda davlat ma’lumotlar bazalaridan olinadi.
Agar sizda elektron raqamli imzo yo‘q bo‘lsa, hoziroq uni Yagona portal orqali shakllantiring. Elektron raqamli imzosi borlar esa ishonch bilan ro‘yxatdan o‘tishni boshlashlari mumkin», deyiladi portal xabarida.
Abituriyentlar uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish videoqo‘llanmasi ham taqdim qilingan:
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi