
Tovar moddiy boyliklarining yurtimizga yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan yurtimizda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga xorijdan olib kelingan “oshxona idishlari” tovarlari o‘rnatilgan tartibda Chuqursoy tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, konteynerda hujjatlarda ko‘rsatilgan “shishadan yasalgan oshxona idishlari” tovarlari o‘rniga “farfordan tayyorlangan idishlar” borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan umumiy qiymati 1 mlrd. 490,5 million so‘mlik “farfordan tayyorlangan idishlar” vaqtincha saqlovga olindi. Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar