O‘qni yashirincha olib kirish rejasi fosh bo‘ldi

O‘qni yashirincha olib kirish rejasi fosh bo‘ldi
Buxoro xalqaro aeroportiga qo‘shni mamlakatdan uchib kelgan va “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro A.R. o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, unga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklari va kuzatib borilayotgan bagaji rentgen apparati orqali bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, uning ichida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan,
 1 dona 7,62 mm. kalibrli patron borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar