21:30 / 09.07.2021
3 424

“Kobalt” dagi nayrang fosh bo‘ldi


Namangan viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tibbiyot buyumlari hamda sifatsiz dori vositalarining yurtimizga noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinish o‘z vaqtida to‘xtatib qolindi.

Boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Pop tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tuman hududida harakatlangan fuqaro M.T. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada ushbu avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 130 million so‘mlik,  sifati kafolatlanmagan dori-darmonlar hamda gigiyenik vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat