2 102
«Korrupsion jinoyatlarning aniq ro‘yxati shakllantirilishi kutilmoqda» – Oliy sud raisi o‘rinbosari
Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari korrupsiya deganda, ko‘proq pora olish va pora berish, mazkur jarayonda vositachilik qilishni tushunishmoqda. Shu bois Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan farmonda Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarning aniq ro‘yxatini belgilash vazifasi qo‘yilgan. Bu haqda 9 iyul, juma kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘z bordi, deya xabar bermoqda «Daryo».
Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimovning ta’kidlashicha, joriy yilning 1 oktabrigacha korrupsion jinoyatlarning aniq ro‘yxati belgilab beriladi.
«Prezident farmonida Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarning aniq ro‘yxatini belgilab berish vazifasi qo‘yilgan. Bu nima beradi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Afsuski, bugungi kunda fuqarolarimiz korrupsiya deganda, ko‘proq pora olish va pora berish, shu jarayonda vositachilik qilishni tushunishadi. Aslini olganda, davlat xizmatchisi o‘zi egallab turgan lavozimi yoki moddiy mansabdor shaxsning moddiy javobgarligida bo‘lgan mulklardan noqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirish maqsadida qilingan har bir harakat korrupsion jinoyatni keltirib chiqaradi.
Masalan, aybdorga ishonib topshirilgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilish (Jinoyat kodeksining 167-moddasi) iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar turkumiga kiritilgan. Pora olish, berish va ushbu jarayonda vositachilik qilish boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar turkumiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda, xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar turkumiga kiruvchi noqonuniy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzishda ham davlat organi vakillarining aralashuvi korrupsion jinoyatlarni keltirib chiqaradi.
Bundan tashqari, xususiy mulk huquqi bilan bog‘liq jinoyatlar, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar toifalari borki, bular bugungi kunda amalda bo‘lgan Jinoyat kodeksida har bir soha bo‘yicha bo‘lib tashlangan. Lekin aynan qaysi jinoyat tarkibi va qaysi holatda korrupsion jinoyat bo‘lishi aniq belgilab berilmaganligi nafaqat fuqarolarimizda korrupsion jinoyat haqida tushuncha paydo qilish, balki kodeksni amaliyotda qo‘llash vakolatiga ega bo‘lgan shaxslarda ham ayrim tushunmovchiliklarni tug‘diradi.
Prezident farmonida belgilangan topshiriqqa ko‘ra, 2021 yilning 1 oktabrigacha qonun loyihalariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali korrupsion jinoyatlarning aniq ro‘yxati belgilab berilishi kutilyapti. Natijada aynan qaysi jinoyatlar korrupsion jinoyat ekanligi nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari, balki fuqarolarimizga ham aniq bo‘ladi», — dedi Muslimov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi