12:23 / 14.07.2021
2 640

Erta qarishning oldini olishga yordam beradigan 9 tavsiya


Foto: Freepik
Siz xayolingizga ham keltirmagan va odatiy tuyilgan odatlar terining yomonlashishi va erta ajin tushishiga olib kelishi mumkin.

Zararli taomlardan tiyilish
Ko‘p shakar, fastfud iste’mol qilish yuzda ham aks etmay qolmaydi. Shakarning parchalanish jarayonida organizmdagi elastin va kollagenga zarar yetadi. Shuni inobatga olgan holda ratsionga yog‘li kislotalarga boy bo‘lgan mahsulotlar — pista, losos, zaytun yog‘i, shuningdek, meva va sabzavotlarni kiritish tavsiya qilinadi. Tarkibida rux moddasi, selen, C vitamin va beta-karotini bo‘lgan mahsulotlar kollagen ishlab chiqarilishini jadallashtiradi va organizm turli shikastlanishlardan himoyalanadi.

Spirtli ichimlik ichmaslik
Organizmdan suyuqlikni chiqarib yuborgani hisobiga spirtli ichimlik qancha ko‘p ichilsa, kishi o‘zini shuncha yomon his qiladi. Husnbuzar toshishi va ajinlar ko‘payishiga ham olib keladi.

Ko‘z atrofidagi terini parvarish qilish
Hamisha yosh va tetik ko‘rinishni istaganlarga eng nozik hisoblangan ko‘z atrofidagi terini parvarish qilish, krem surtishni kanda qilmaslik tavsiya qilinadi.

Sport bilan shug‘ullanish
Turli mushak guruhlari uchun to‘g‘ri bajarilgan jismoniy mashqlar teri ahvoliga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Ammo bu borada ham me’yorni bilish kerak.

Makiyajda xatoga yo‘l qo‘ymaslik
Makiyajdagi bazaning noto‘g‘ri tanlanishi ham ko‘z va lab atrofidagi ajinlarni ko‘zga tashlanishiga sabab bo‘ladi. Qolaversa, yuzni muntazam ravishda ifloslanishlardan tozalashni ham esda tutish kerak.

Chekishni tashlash
Nikotin terining ustki qatlamidagi qon-tomirlarni quritib yuborishi hisobiga qon aylanishi yomonlashadi. Oziqa moddalari yetishmagan terining ahvoli yomonroq ko‘rina boshlaydi.

Asabiylashmaslik
Stress nafaqat teriga, balki butun organizm va ruhiyatga ham salbiy ta’sir qiladi. Shuni inobatga olgan holda qiyin vaziyatlarda o‘zingizni tinchlantirishga harakat qiling, zaruriyat tug‘ilganda shifokorga murojaat qiling.

Tiniqib uxlash
Teri kechasi tiklanishini hisobga olgan holda tunda 8 soatdan kam uxlamaslik kerak. Gap shundaki, 4-5 soat uxlaganda teri tiklanishga ulgurmaydi. Shuningdek, uxlaganda qorin bilan uxlash zararli ekani sabab yon bosh bilan yotish tavsiya qilinadi.

Quyoshdan himoyalanish
Ultrabinafsha nurlari teri hujayralariga zarar yetkazgani sabab soyada yurishga harakat qilish va muntazam ravishda quyoshdan himoya qiluvchi kremdan foydalanish kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Erta qarishning oldini olishga yordam beradigan 9 tavsiya