
Foto: YHXBB matbuot xizmati
Toshkent viloyatining Parkent tumanida 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 17 iyul kuni soat 15:00 larda Parkent—Kumushkon yo‘lida yuz bergan. 1990 yilda tug‘ilgan M.A. Howo yuk mashinasida harakatlanib ketayotgan vaqtda tormoz tizimi ishdan chiqib, boshqaruvni yo‘qotgan va 7 ta: «GAZ-24», 2 ta Spark, Nexia, Lacetti, «Gazel» va «VAZ-2106» («Jiguli» ) avtomobillari bilan to‘qnashgan.
Viloyat IIB matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, YTH oqibatida «Jiguli» haydovchisi va uning 3 nafar yo‘lovchisi turli tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ularga uylariga javob berilgan.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Foto: YHXBB matbuot xizmati
Mazkur YTH yuzasidan Parkent tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent ViloyatiParkent TumaniYTHAvtomobil To‘qnashuviTibbiy YordamYHXBB Matbuot Xizmati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar