
Kecha yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni qariyb 600 nafarga, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa qariyb 500 nafarga yetdi, 5 nafar bemor vafot etdi.
2021-yil 18-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 119973 (+585) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 50 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 18 nafari Andijon viloyatida,
- 15 nafari Buxoro viloyatida,
- 63 nafari Jizzax viloyatida,
- 18 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 12 nafari Navoiy viloyatida,
- 35 nafari Namangan viloyatida,
- 56 nafari Samarqand viloyatida,
- 25 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 59 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 42 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 14 nafari Xorazm viloyatida,
- 61 nafari Toshkent viloyatida,
- 117 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 801 nafarni tashkil qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar