00:23 / 21.07.2021
2 803

Emizikli ona koronavirusga qarshi emlansa, go‘dakka qanday ta’sir qiladi?


Foto: «Zen.yandex.ru»
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti emizikli onalarga koronavirusga qarshi emlanishni tavsiya etadi. Bu haqda dushanba kuni tashkilotning Jenevadagi bosh qarorgohi ma’lum qildi.

JSST mutaxassislarining fikriga ko‘ra, vaksinatsiya holatida chaqaloqlarga nafaqat xavf solmaydi, balki onasi emlangan vaksina tufayli himoyaga ham ega bo‘ladi. Mutaxassislar vaksina olgan onalarga emizishni to‘xtatmaslikni maslahat berishmoqda.

JSST homilador ayollarda koronavirus og‘irroq shaklda kechishini eslatib qo‘ydi. Immunizatsiyani nazorat qiluvchi tashkilot guruhida ta’kidlashlaricha, homilador ayollardan tashqari hamroh kasalliklari bo‘lgan bolalar ham emlanishlari zarur. Kichkintoylarga virusni yuqtirish xavfi yuqori bo‘lganida, masalan, jamoat joylarida emlanish taklif etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Emizikli ona koronavirusga qarshi emlansa, go‘dakka qanday ta’sir qiladi?