Foto: «Zen.yandex.ru»
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti emizikli onalarga koronavirusga qarshi emlanishni tavsiya etadi. Bu haqda dushanba kuni tashkilotning Jenevadagi bosh qarorgohi ma’lum qildi.
JSST mutaxassislarining fikriga ko‘ra, vaksinatsiya holatida chaqaloqlarga nafaqat xavf solmaydi, balki onasi emlangan vaksina tufayli himoyaga ham ega bo‘ladi. Mutaxassislar vaksina olgan onalarga emizishni to‘xtatmaslikni maslahat berishmoqda.
JSST homilador ayollarda koronavirus og‘irroq shaklda kechishini eslatib qo‘ydi. Immunizatsiyani nazorat qiluvchi tashkilot guruhida ta’kidlashlaricha, homilador ayollardan tashqari hamroh kasalliklari bo‘lgan bolalar ham emlanishlari zarur. Kichkintoylarga virusni yuqtirish xavfi yuqori bo‘lganida, masalan, jamoat joylarida emlanish taklif etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi