
Samarqand viloyati, Urgut tumanida Qoratepa mahallasida yashovchi 18 yoshli o‘smir o‘yinga mukkasidan ketib, o‘g‘irlikka qo‘l urdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, u bir mashinadan 1700 AQSH dollari, ikkinchisidan 2,5 mln so‘mni o‘marib, internet totalizatorga tikib yuborgan.
«Men shu o‘yin uchun o‘g‘irlik qilishga majbur bo‘ldim», deydi ayblanuvchi.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda ayol erining 400 mln.dan ortiq pulini totalizatorda tikib yuborgani xabar qilingandi.
Samarqand ViloyatiUrgut TumaniQoratepa MahallasiO‘g‘irlikJinoyat KodeksiInternet Totalizator O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar