Ijtimoiy tarmoqlarda «Urganch shahri markazida somon ortilgan yuk mashinasi trolleybus simiga tegib ketishi oqibatida somon yonib ketganligi aytilmoqda» degan videolavhalar tarqaldi. Holat yuzasidan FVB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, haqiqatdan ham, 22 iyul kuni soat 00:13 da Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi «Kogon metal savdo servis» MCHJga qarashli bo‘lgan yuk mashinasi Urganch shahar A.Bahodirxon ko‘chasi bo‘ylab ketayotganida yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘in oqibatida yuk avtomobilining salon qismi hamda yuk xonasidagi somonlari yongan va haydovchi Z.O. avtomashinadan tushmoqchi bo‘lib, pastga sakragan vaqtida chap oyog‘i boldir suyagi yopiq sinishi tashxisi bilan VSHTYOIMga yotqizilgan.
Yong‘inga soat 00:18 da yetib borilib, soat 00:23 da o‘rab olingan va 01:02 da o‘chirilgan. Yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda. Yong‘inga 3 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan maxsus avtotransport vositalari jalb etilgan.
Yong‘in o‘chirish qismidan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha masofa, taxminan, 4 kilometrni tashkil etadi. Ushbu hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Voqea yuzasidan vakolatli organlar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?