14:20 / 24.07.2021
2 513

Hokimlik ipoteka kreditlari bo‘yicha kafillik beradi


«Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (459-son, 24.07.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 avgustgacha tajriba tariqasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha mahalliy hokimliklarning kafilliklarini berish va muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorliklarni qoplash tartibi joriy qilinadi.

Shunga ko‘ra, qaror bilan Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha mahalliy hokimliklar tomonidan kafilliklar berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, kafillik ro‘yxatdagi qarz oluvchilarga banklar tomonidan ajratilgan (ajratiladigan) ipoteka kreditlari bo‘yicha beriladi.

Kafillik berilganligi uchun hokimliklar tomonidan to‘lov (mukofot puli) undirilmaydi.
Kafillik hokimliklar tomonidan «Xalqparvar» komissiyalarining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina beriladi.
Kafillikni olish uchun qarz oluvchi ariza hamda unga ilova sifatida shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlari va shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini hokimlikka taqdim etadi.

Hokimlik hujjat kelib tushgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay:
  •  hujjatlarni «Xalqparvar» komissiyasiga;
  • qarz oluvchi va uning oila a’zolarining shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlarini hududiy davlat soliq boshqarmasiga yuboradi.
«Xalqparvar» komissiyasi hujjatlarni o‘rganib chiqadi va Soliq boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumot kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida:
  • tanqidiy mulohazalar bo‘lmaganda – qarz oluvchini ro‘yxatga kiritadi va hokimlikka ipoteka krediti bo‘yicha kafillik berishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida ijobiy xulosani taqdim etadi.
Ushbu tartib 2022 yil 1 avgustga qadar amal qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hokimlik ipoteka kreditlari bo‘yicha kafillik beradi